Daryo

O‘zbekiston ma’muriy sudlari hokimlarning mingga yaqin qarorini bekor qilgan. Toshkent, Samarqand hamda Jizzax bu borada yetakchilik qilmoqda

2024-yilda ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 15 373 ta ish ko‘rib chiqilgan

1 daqiqa o‘qish5 585 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistondagi mavjud ma’muriy sudlarda viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan imzolangan qarorlarning 933 tasi qonunga zid bo‘lgani bois bekor qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2024-yilda ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 15 373 ta ish ko‘rib chiqilgan. Natijada 6338 nafar fuqaro va yuridik shaxs huquqlari tiklangan. 

Hisobot davrida ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 6 991 ta ish ko‘rib chiqildi. Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 2 720 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 933 ta arizasi qanoatlantirilgan, deyiladi tashkilot axborot xizmati bergan ma’lumotda. 

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, qarorlari bekor bo‘lgan hokimlar reytingida Toshkent viloyati, Samarqand hamda Jizzax viloyatlari peshqadam hisoblanadi. 

Bu qarorlar viloyat hokimlari tomonidan imzolangan bo‘lmasligi mumkin, balki shahar va tuman hokimlarining qaroridir. Qolaversa, bu raqamlar shu hududda hokimlar yomon ishlayapti degan xulosaga kelishga sabab bo‘lmasligi kerak. Bu hududning kattaligi va murojaatlar sonining ko‘pligi bilan ham bog‘liq, deydi Abidov.

Aniqlashtirilishicha, 2024-yilda Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi shahar va tuman hokimlarining 143 ta, Samarqand viloyatidagi hokimlarning 128 ta hamda Jizzaxdagi rahbarlarning 113 ta qarorlari bekor qilingan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar