Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 83,63 so‘mga ko‘tarilib, 12 520,78 so‘m bo‘ldi;
- yevro 153,72 so‘mga oshib, 14 634,29 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,36 so‘mga ko‘tarilib, 153,70 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan keyin ko‘tarilib, 12 437,55 so‘m bo‘lgandi.
Ushbu valyuta kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 25-avgustda qayd etilib, 12 305,80 so‘mni tashkil etgandi. Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.








