Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
dollar 62,60 so‘mga ko‘tarilib, 12 437,55 so‘m bo‘ldi;
yevro 55,56 so‘mga oshib, 14 480,57 so‘m bo‘ldi;
rubl 0,21 so‘mga ko‘tarilib, 153,34 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket uch kun pastlab, 12 374,55 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 25-avgustda qayd etilib, 12 305,80 so‘mni tashkil etgandi. Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.








