Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning 4-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

1 daqiqa o‘qish2 333 ko‘rishlar0 izoh2
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4-sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 48,35 so‘mga pastlab, 12 374,55 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 32,76 so‘mga tushib, 14 425,01 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 1,17 so‘mga pastlab, 153,13 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikki kun pastlab, 12 422,90 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 25-avgustda qayd etilib, 12 305,80 so‘mni tashkil etgandi. Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar