Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 10,35 so‘mga pastlab, 12 309,99 so‘m bo‘ldi;
- yevro 51,73 so‘mga oshib, 14 666,12 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,28 so‘mga ko‘tarilib, 159,64 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar 17,18 so‘mga ko‘tarilib, 12 320,34 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi 27-yanvardan buyon pastlamagandi.
Avvalroq O‘zbekistonda banklarga so‘mda depozit joylash hajmi bir yilda 44 foizga o‘sgani xabar qilingandi. O‘tgan yili milliy valyuta qiymati keskin mustahkamlandi. Yana qator omillar so‘mga bo‘lgan ishonchni oshirib, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasi pasayishiga olib kelgan.








