2—3-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 31-34 daraja, kechasi va ertalab 13-18 daraja bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi va kunduz kunlari havo 35-37 darajagacha isiydi. Hududning katta qismida ushbu kunlarda kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimolida havo bulutlilik kuchayishi kuilmoqda, amma bu hududda ham quruq ob-havo saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi 2—3-sentyabrda 31-33 daraja, 4—5-sentyabrda 35-37 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari 16-18 darajadan 20-22 darajagacha ko‘tariladi.
Prognozlarga ko‘ra, sentyabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.








