Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat 34 darajagacha ko‘tariladi

Prognozlarga ko‘ra, 19-sentyabrdan salqin havo massalari respublika hududidan chekina boshlaydi.

1 daqiqa o‘qish1 140 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 19—21-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

Juma kuni kunduzi havo 25-28 darajagacha, janubda 30 darajagacha isiydi. Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzgi harorat 32-34 darajaga yetadi.

20—21-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati juma kuni 26 daraja, shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonda 19-sentyabrdan salqin havo massalari respublika hududidan chekina boshlashi prognoz qilingandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar