Daryo

“O‘zgidromet” kuz qanday ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qildi

1-sentyabrda harorat kechasi 13 darajagacha, tog‘li hududlarda 9 darajagacha tushishi kutilmoqda.

2 daqiqa o‘qish1 634 ko‘rishlar0 izoh5

“O‘zgidromet” 1-sentyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 30-32 daraja boʻladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda baʼzida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda baʼzida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 31-36 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

O‘zbekiston hududiga 30-avgust, shanba kunidan boshlab shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib kelib, havo harorati asta-sekin pasaygandi. Sentyabr oyining birinchi o'n kunligida qulay harorat fonida asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlarda 1-2 kun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar