O‘zbekistonning barcha hududlarida 14-sentyabr, yakshanba kunidan havo harorati pasaya boshlaydi.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, juma va shanba kunlari respublika hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda 12-sentyabr kuni kunduzi 37-39 darajagacha issiq bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.
Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorati pasaya boshlaydi. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan, janubda 33-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati 12-sentyabrda 33-35 daraja, 13-sentyabrda 31-33 daraja, 14-sentyabrda 27-29 daraja bo‘ladi. Kechalari harorat asosan 16-19 daraja bo‘ladi.
Keyingi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.








