Daryo

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 12 305 so‘mgacha tushdi 

Markaziy bank xorijiy valyutalarning yangi qiymatini eʼlon qildi

1 daqiqa o‘qish14 928 ko‘rishlar0 izoh1

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 51,29 so‘mga tushib, 12 305,80 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 58,65 so‘mga ko‘tarilib, 14 389,17 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 0,93 so‘mga tushib, 152,56 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi 56,70 so‘mga tushib, 12 357,09 so‘m bo‘lgandi. Bunday past ko‘rsatkich so‘nggi marta 2024-yil 6-yanvarda qayd etilgandi. O‘shanda dollar kursi 12 355 so‘mni tashkil etgandi.  

Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar