Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 500 so‘mdan tushdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini eʼlon qildi

1 daqiqa o‘qish12 784 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 50,19 so‘mga tushib, 12 497,19 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 67,41 so‘mga pastlab, 14 597,97 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 1,31 so‘mga tushib, 155,71 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 34,59 so‘mga tushib, 12 547,38 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan. 

Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar