Daryo

“Tolibon” ayollarning burqasiz ko‘chaga chiqishini taqiqladi

Qoidalarga rioya etmagan ayollarni tashigan haydovchilar kaltaklanmoqda

1 daqiqa o‘qish3 850 ko‘rishlar0 izoh0

Afg‘onistonning Panjshir viloyati aholisi “Tolibon” ayollarga qo‘yilgan cheklovlarni kuchaytirganini, xususan, burqa kiyish majburiy etib belgilanganini ma’lum qildi. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.

Foto: Humans Rights Watch

Ma’lum qilinishicha, hududda burqa kiyilmagan taqdirda, ayollarning erkin yurishiga yo‘l qo‘yilmayapti va ularning yonidagi odamlar ham haqorat va zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda.

Burqa — bu tanani boshdan oyoq yopib turadigan, ko‘zlar ham to‘r yoki mato bilan qoplanadigan kiyim. Uni asosan Afg‘oniston, Pokiston va ayrim musulmon mamlakatlari aholisi kiyadi. Afg‘onistonda u “chadari” deb ham ataladi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, viloyat bo‘ylab yangi nazorat punktlari tashkil etilgan bo‘lib, ular burqa kiymagan ayollarni nishonga olmoqda.

“Panjshirda ayollar nazorat punktlarida avtomobillardan tushirilib, burqa kiymagani uchun haqorat qilinmoqda. Hatto bunday ayollarni tashigan haydovchilar ham kaltaklanganiga guvoh bo‘ldik”, dedi viloyat aholisi vakillaridan biri.
Foto: Afghanistan International

Roxxa tumanida yashovchi boshqa bir guvoh ham so‘nggi kunlarda “Tolibon” kiyim-kechak talablariga amal qilmagan ayollarni to‘xtatayotgani va jamoatchilikni qo‘rqitayotganini tasdiqlagan. Aholining aytishicha, kiyinish bo‘yicha reydlar bilan birga, “Tolibon” mobil telefonlardan foydalanishni ham cheklashga urinmoqda. Erkaklar ham, ayollar ham smartfon olib yurmaslik haqida ogohlantirilgan va so‘nggi kunlarda bu ogohlantirishlar qo‘pol tus olgan.

“Biz Kobulga borishni rejalashtirgan edik, ammo guruhimizdagi ayollar burqa kiymagani sababli, ular to‘liq hijobda bo‘lishiga qaramay, yo‘limizni to‘sishdi”, dedi yana bir mahalliy aholi vakili.

Mahalliy manbalar “Tolibon” bu yangi choralarni 7-avgustdan boshlab qo‘llay boshlaganini va vaziyat kun sayin og‘irlashayotganini aytmoqda. Panjshirda kuzatilgan bu cheklovlar yaqinda Kobulga ham yetib kelgan — poytaxtda harakat rasmiylari “noto‘g‘ri hijob” kiyishda ayblangan ayollarni hibsga olgani xabar qilingan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar