Daryo

Prezidentni haqoratlashda gumonlangan o‘zbekistonlik Ozarbayjonda ushlandi

U O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

1 daqiqa o‘qish18 613 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidentini haqorat qilish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik erkak O.Yu. Bokudan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Foto: Azertag

Ma’lum qilinishicha, 43 yoshli fuqaro davlatlararo qidiruvga berilib, joriy yilning aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olingan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konvensiya”ga asosan, ayblanuvchining ekstraditsiyasi haqida qaror qabul qilinib, u O‘zbekistonning vakolatli organlariga Ozarbayjon Adliya vazirligi Penitensiar xizmatining maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 158-moddasiga ko‘ra, prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar