Daryo

Fermerni haqoratlagan Quva tumani hokimiga hayfsan berildi

Xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakat qilgan hokimga intizomiy jazo qo‘llanildi.

1 daqiqa o‘qish6 051 ko‘rishlar0 izoh5

Fermerni haqoratlagan Quva tumani hokimi Halimjon Umarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi berildi. Bu haqda 22-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining matbuot kotibi Sherzod Saparov e’lon qildi.

Iyun oyida “Daryo” tahririyatiga Quva tumani hokimiga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tushgandi. Unda hokim ekani taxmin qilinayotgan shaxs fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ulardan birini haqorat qilgani va yerni majburan topshirishga ko‘rsatma bergani eshitilgan. Davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid bunday xatti-harakatlari keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

Xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdimnoma kiritdi. Taqdimnoma natijalariga ko‘ra, 2021-yildan buyon Quva tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Halimjon Umarovga nisbatan intizomiy jazo qo‘llandi.

Iyun oyida fermerlarni haqorat qilgan Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlanib, uning yakunida hokimga hayfsan intizomiy jazosi berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar