Daryo

“Real” “Manchester Siti” futbolchisini 100 mln yevroga xarid qilmoqchi

Ayni paytda Rodri “Real” rahbariyati tomonidan bu narxga loyiq yagona yarim himoyachi sifatida ko‘rilmoqda

1 daqiqa o‘qish15 084 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida yirik bitimni amalga oshirishga tayyor. Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, madridliklar markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida va 29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Ayni paytda Rodri “Real” rahbariyati tomonidan bu narxga loyiq yagona yarim himoyachi sifatida ko‘rilmoqda.

Avvalroq, klub bosh murabbiyi Xabi Alonso bir nechta boshqa nomzodlarni ham ilgari surgan: Germaniyaning “Shtutgart” klubidan Anxelo Shtiller, Italiyaning “Inter” jamoasidan Nikolo Barella va Niderlandiyaning “AZ Alkmar” safida to‘p surayotgan Kes Smit. Biroq “Real” prezidenti Florentino Peres ushbu futbolchilarni “qirollik klubi” darajasidagi o‘yinchilar deb hisoblamayotgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, madridliklar Rodrini “Siti”dan olib kelish oson kechmasligini yaxshi tushunib turishibdi. Biroq futbolchining ilgari “Real Madrid”dan taklif tushsa, uni jiddiy ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgani bu transferga nisbatan umid uyg‘otmoqda, deya yozadi Mundo Deportivo.

Ma’lumot uchun, Rodri o‘tgan mavsumda jarohat tufayli uzoq vaqt maydonga tusha olmadi. U safga qaytgach, bor-yo‘g‘i 8 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma bilan kifoyalangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 110 million yevro deb baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar