Daryo

Florentino Peres va Xabi Alonso o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Bosh murabbiy uch nafar futbolchining transferini qilishni so‘ragan. Biroq Peres ularni “Real Madrid” darajasidagi o‘yinchilar deb hisoblamayapti

1 daqiqa o‘qish13 040 ko‘rishlar0 izoh0

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlanganidan keyin “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.

Foto: Yahoo

Manbaga ko‘ra, uchrashuv davomida Peres jamoaning mundialdagi natijalaridan noroziligini bildirgan. Ayniqsa, markaziy tayanch zonasidagi o‘yin sifati ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Shu sababli, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi o‘rtasida yangi tayanch yarim himoyachisi transferi borasida kelishmovchilik vujudga kelgan. Florentino Peres faqat “Manchester Siti” futbolchisi Rodri kabi yuqori darajadagi futbolchi uchun mablag‘ ajratishga tayyor. Ammo hozirgi sharoitda bunday katta transferni amalga oshirish oson emas.

Bosh murabbiy Xabi Alonso esa biroz boshqacha yondashuv tarafdori — u “Shtutgart”dan Anxelo Shtiller, “Inter”dan Nikolo Barella va Niderlandiyaning “AZ Alkmar” klubi a’zosi Kes Smit nomzodlarini ilgari surgan. Biroq Peres bu futbolchilarni “Real Madrid” darajasidagi o‘yinchilar deb hisoblamayapti.

Ayni paytda klub sport direktorlari va murabbiylar shtabi har ikki tomonning talablariga javob beradigan, jamoaning ehtiyojlariga mos keluvchi futbolchini izlashni davom ettirmoqda. Biroq bu masala hali ham ochiq qolmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar