Daryo

Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi (video)

Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berib, hodisa sababini ochiqladi

1 daqiqa o‘qish8 722 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-3 odamlarni sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, 8-iyul kuni soat taxminan 14:30 larda Mirishkor tumanida joylashgan oshxonaga fuqarolar R.L., K.S.lar kirib, oshxona egasi E.I. bilan tortishib qolgan.

O‘zaro kelishmovchilik oqibatida R.L., K.S.lar haydovchi K.H. boshqaruvidagi Nexia-3’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirganda, fuqaro E.I. va yaqin qarindoshlari avtomashinani to‘xtatishga urinsa-da, haydovchi harakatlanib ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Buxoro viloyatining Jondor tumanida haydovchi Cobalt’ni qasddan YPX xodimi ustiga haydagani haqida xabar berilgan edi. 

Shuningdek, Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini sudrab, Cobalt olib qochgan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar