Daryo

Fargʻonada 4 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi 8 yilga qamaldi

Ushbu shaxs yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib harakatlangan va oldida ketayotgan avtomobil bilan ham xavfsiz oraliq masofani saqlamagan.

1 daqiqa o‘qish1 996 ko‘rishlar0 izoh0

Fargʻonada qoʻpol qoidabuzarliklari sabab 4 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan Nexia haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.

Nexia-3 mashinasi haydovchisi Fargʻona tumani, Shohimardonobod MFY hududidan harakatlanib ketayotganida taqiqlangan joyda qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan holda, oʻzidan oldinda ketayotgan avtomobil bilan xavfsiz masofani ham saqlamay harakatlangan va tezlikni meʼyordan oshirgan.

Ushbu shaxs rul boshqaruvini yoʻqotib, oʻziga teskari yoʻnalishga chiqib ketgan va Tico bilan toʻqnashgan.

YTH oqibatida Tico haydovchisi voqea joyida, mashina salonida boʻlgan 2 nafar voyaga yetmagan bola va bir ayol esa shifoxonada hayotdan koʻz yumgan.

Sud hukmi bilan qonunbuzar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda, 8 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga, jabrlanuvchilarning vakiliga 100 million soʻm moddiy zarar undirilishi belgilangan.

Avvalroq Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida rasman qayd etilgan yoʻl-transport hodisalarida 1303 kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar