Daryo

Opta nashri Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi

“Chelsi” musobaqada g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi

1 daqiqa o‘qish4 494 ko‘rishlar0 izoh0

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalchilari ma’lum bo‘ldi. Opta jamoalarning musobaqada g‘olib chiqish imkoniyatini baholadi. Unga ko‘ra, musobaqaning asosiy favoriti sifatida Angliyaning “Chelsi” klubi ko‘rsatilgan. London klubi turnirda g‘olib chiqish ehtimoli 26,8 foiz deb baholangan.

Foto: Getty Images

Ikkinchi o‘rinda Fransiyaning “PSJ” klubi joy olgan bo‘lib, parijliklarning bosh sovringa ega chiqish ehtimoli 24,9 foizni tashkil qiladi. Kuchli uchlikni esa “Real Madrid” yakunlab turibdi (16,9%).

Opta nashriga ko‘ra, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida jamoalarning g‘alaba qozonishi imkoniyati:

  1. “Chelsi” — 26,8 foiz
  2. “PSJ” — 24,9 foiz
  3. “Real Madrid” — 16,9 foiz
  4. “Bavariya” — 14,8 foiz
  5. “Borussiya Dortmund” — 7,6 foiz
  6. “Al-Hilol” —  4,3 foiz
  7. “Palmeyras” — 3 foiz
  8. “Fluminense” — 1,5 foiz

Ma’lumot uchun, musobaqaning chorak final uchrashuvlari 4-iyuldan 5-iyulga o‘tar kechasi boshlanadi. 

Chorak final juftliklari bilan tanishing:

  • “Palmeyras” (Braziliya) — “Chelsi” (Angliya)
  • “Fluminense” (Braziliya) — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
  • “PSJ” (Fransiya) — “Bavariya” (Germaniya)
  • “Real Madrid” (Ispaniya) — “Borussiya Dortmund” (Germaniya)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar