Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi Angliyaning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Fransiya grandi London klubida sobiq bosh murabbiy Enso Mareskaning iste’foga chiqarilishi ortidan yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin. Shu bilan birga, “PSJ” argentinalik yarim himoyachining transferini joriy transfer oynasida amalga oshirishni rejalashtirmayapti.
Joriy mavsumda Fernandes barcha musobaqalar doirasida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymati 85 million yevroga baholagan.
Avvalroq “Chelsi” Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 135 million funt sterling (taxminan 156 million yevro) taklif qilishga tayyor ekani xabar qilingan edi.








