Daryo

A Seriyaning 3 klubi “Real” futbolchisini ijaraga olmoqchi

Braziliyalik hujumchi madridliklar safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega emas

1 daqiqa o‘qish4 959 ko‘rishlar0 izoh0

Turinning “Yuventus” klubi Madridning “Real” jamoasi safida o‘z o‘rnini topa olmayotgan braziliyalik hujumchi Endrikni ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, “Yuventus” 18 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida ijaraga olib, unga Italiya chempionatida muntazam o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirmoqda. Endrik bu borada hali aniq qaror chiqarmagan bo‘lsa-da, ko‘plab OAVlarda hujumchining “qaymoqranglilar”ni tark etishi ehtimoli yuqori baholanmoqda. Sababi — u hozircha “qirollik klubi”da asosiy tarkibdan joy ololmayapti. Ayni shu omil uni “Real”ni vaqtincha tark etishga undashi mumkin.

Braziliyalik iste’dodga “Yuventus”dan tashqari yana ikki klub — “Milan” va “Komo” ham qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, Endrikning o‘zi hozircha “Real Madrid”ni tark etish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Endrik “Real” safida La Liga doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi bitta gol kiritgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar