Daryo

Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi

2 daqiqa o‘qish7 575 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 30-iyun–2-iyul kunlari ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1–2-iyulda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat 30-iyunda kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 1-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 2-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-iyulda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat 30-iyunda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 1-iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja, 2-iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-iyulda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-iyunda 32-37 daraja, 1-2-iyulda 34-39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-iyulda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 30-iyunda 36-41 daraja, 1-2-iyulda 37-42 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-iyun – 1-iyulda 32-37 daraja, 2-iyulda 34-39 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 30-iyunda 25-30 daraja, 1-2-iyulda 27-32 daraja bo‘ladi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar