Daryo

O‘zbekistonda 6-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

Ba’zi joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin

2 daqiqa o‘qish7 222 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 6-iyul, yakshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. 

  • Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. 

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba‘zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Avvalroq dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlashi, biroq bu pasayish kamroq bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar