Daryo

O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Havo harorati ayrim joylarda 40 darajagacha ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish9 608 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 29-iyun, yakshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay harorat fonida asosan bulutsiz ob-havo bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar