Daryo

Farg‘onada qarz bergan fuqaroni kaltaklab, pul to‘landi degan tilxat yozdirib olganlar ushlandi

Gumonlanuvchilar qarz masalasi hal qilingani uchun qarzdor va uning akasidan ham pul undirib olgan. Ulardan uch nafari ushlangan, yana bir kishi qidirilmoqda.

1 daqiqa o‘qish23 899 ko‘rishlar0 izoh11

Fargʻonada qarz masalasini “koʻcha” yechimlari asosida hal qilib bermoqchi boʻlgan jinoiy guruh aʼzolari ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28-yanvar kuni Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro Fargʻona shahrida yashovchi tanishiga qoʻngʻiroq qilib, undan qarzdor boʻlgan quvalik fuqarodan pulni undirib berishni soʻragan.

Qarzni qaytarish aytilgach, qarzdor ham tanishi Ortiqov Sirojiddinga murojaat qilgan. U esa masalani “koʻcha” yechimlari bilan hal qilish uchun Soliyev Nodirga va u orqali aka-uka Ilhomjon va Arabjon Mamirovlarga xabar qilgan.

Mamirovlar yaqin aloqalari bilan birga Fargʻona shahrida yuqoridagi ikki nafar shaxslar bilan koʻrishib, ularni Quva tumanidagi meva bogʻ hududiga olib ketgan. U yerda qoʻrqitib, tan jarohati yetkazib, qarz toʻliq qoplangani toʻgʻrisidagi tilxatni majburan yozdirib olgan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Aka-uka qarz masalasini “koʻcha” yechimlari orqali hal qilishgach, evaziga qarzdorning plastik kartasini olib qoʻyib, jami 12 million soʻmni oʻzlashtirib oladilar. Bundan tashqari, shu kuni qarzdorning akasidan ham masala hal qilingani uchun yana 5 million soʻmni qo‘lga kiritgan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat boʻyicha gumonlangan Mamirov Arabjon, Soliyev Nodir hamda Ortiqov Sirojiddin ushlandi. Hozirda Mamirov Ilhomjonni qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.

Ushbu shaxslardan jabrlanganlardan 70. 056-18-34, 90 277-11-20, 73.244-02-40 yoki 102 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib xabar berishlari soʻraldi.

Avvalroq Toshkentda fuqaroni garovda ushlab, oilasidan pul talab qilgan koʻcha bezorilari qoʻlga olingandi. Ular jabrlanuvchini qoʻrqitib bir necha bor pul talab qilishgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar