Daryo

CBS: AQSH va Yevropa Ittifoqi diplomatlari Xomanaiyning bo‘lajak vorisini muhokama qilmoqda

Kelgusi ikki hafta ichida diplomatiya Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga barham berish uchun “so‘nggi imkoniyatga” ega bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish11 902 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH va Yevropa Ittifoqi diplomatlari Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vorisi kim bo‘lishi haqida maxfiy muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda CBS News telekanali manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Xususan, yadro obyektlari va materiallarining xavfsizligini ta’minlash imkoniyati, shuningdek, yadro obyektlariga harbiy zarbalarning mintaqaviy ittifoqchilar uchun ehtimoliy ekologik va tibbiy oqibatlari muhokama qilinmoqda.

Telekanal suhbatdoshlarining aytishicha, amerikalik va yevropalik diplomatlar hozirgi hokimiyatning Eronni qay darajada samarali boshqara olishi masalasini ham ko‘rib chiqishmoqda.

Bundan tashqari kelgusi ikki hafta ichida diplomatiya Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga barham berish uchun “so‘nggi imkoniyatga” ega bo‘ladi.

Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga murojaat qilib, AQSH “uning qayerda yashirinib yurganini bilishini” ta’kidlagan edi. Oq uy rahbari o‘z sabrining “tugab borayotganini” aytgan.

13-iyun kuni Isroil Eronga qarshi misli ko‘rilmagan operatsiyani boshlab, yadro obyektlari, harbiy bazalar va qo‘mondonlik tarkibiga zarba berdi. Isroil rasmiylarining aytishicha, bu Tehron tomonidan kuchayib borayotgan yadroviy tahdidga javob chorasi bo‘ldi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar