Daryo

Si Szinpin Qozog‘istonga qilgan safari haqida Putinga ma’lumot berdi 

Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasi ‘haqiqiy barqarorlik, iqtisodiy farovonlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik namunasiga aylanishi” uchun o‘zaro yondashuvlarni muvofiqlashtirish foydali bo‘lishini ta’kidlagan

2 daqiqa o‘qish5 884 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonga tashrifi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Foto: TASS

Ma`lum qilinishicha, 19-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpin telefon orqali suhbatlashgan. Muhokamaning asosiy mavzusi Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyat bo‘lgan.

Ushakovning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi vaziyatga nisbatan ikkala tomon ham bir xil yondashuvga ega: ular Isroilning BMT Nizomi va xalqaro huquqning boshqa me’yorlarini buzayotgan harakatlarini qat’iy qoralaydi.

“Ham Moskva, ham Pekin mavjud vaziyat va Eron yadro dasturi bilan bog‘liq masalalarni kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasligidan kelib chiqadi. Bu masalani faqat siyosiy-diplomatik usullar bilan hal etish kerak”, - deydi Ushakov.

Putin Siga “Isroil-Eron qarama-qarshiligi kontekstidagi asosiy o‘yinchilar” bilan o‘tkazgan so‘nggi xalqaro telefon suhbatlari haqida ma’lumot bergan.  Shuningdek, Moskvaning mumkin bo‘lgan vositachilik sa’y-harakatlarini amalga oshirishga tayyorligini tasdiqlagan.

Ma`lum qilinishicha, Si Szinpin Putinga 17-18 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan “Xitoy - Markaziy Osiyo” ikkinchi sammiti doirasida Qozog‘istonga safari haqida batafsil ma’lumot bergan. Tomonlar Rossiya Federatsiyasi va XXR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari ruhida Markaziy Osiyo mintaqasi ‘haqiqiy barqarorlik, iqtisodiy farovonlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik namunasiga aylanishi” uchun o‘zaro yondashuvlarni muvofiqlashtirish foydali bo‘lishini ta’kidlagan.

“XXR raisidan olgan ma’lumotlar biz uchun juda muhim va foydali bo‘ldi. Ayniqsa, Rossiya - Markaziy Osiyo formatidagi ikkinchi oliy darajadagi uchrashuvga o‘zimiz tayyorgarlik ko‘rayotganimiz sababli. Bu uchrashuv 10-oktyabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan”, - dedi Rossiya prezidenti yordamchisi.

17-iyun kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammiti  bo‘lib o‘tdi. Sammit doirasida dolzarb va strategik ahamiyatga ega 15 ta hujjat imzolandi. Xitoy 2025-yilda Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga 1,5 milliard yuan (207 million dollardan ortiq) miqdorida beg‘araz grant ajratishga tayyor ekanligini bildirdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar