Daryo

Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times 

Putin taklifni allaqachon qabul qilgan, Tramp esa taxminlarga ko‘ra, yaqin kunlarda rasman taklif etilish ehtimoli mavjud

1 daqiqa o‘qish5 824 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp, Rossiya rahbari Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin sentyabr boshida Xitoyda uchrashuv o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda The Times gazetasi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: AP

Gazetaning yozishicha, Vashington va Pekin o‘rtasida bir qator savdo kelishuvlari imzolanganidan so‘ng, Amerika rahbari sentyabr oyidagi sammit doirasida rais Si va prezident Putin bilan uchrashuvga taklif etilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, aynan shu kelishuvlar Trampning Xitoyga nisbatan dushmanlik munosabatini yumshatgan.

Ushbu sammit 3-sentyabr kuni Tyananmen maydonida o‘tkaziladigan parad bilan nishonlanadigan Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga to‘g‘ri kelishi ehtimoli mavjud.

The Times Xitoy jamoatchiligida allaqachon bu imkoniyatdan foydalanib, uchrashuv uyushtirish bo‘yicha chaqiriqlar yangrayotganiga e’tibor qaratgan.

Shuningdek, xitoylik sharhlovchi Szin Szanjunning Guancha portali bilan suhbat davomida 1941-yildan 1945-yilgacha Xitoy va AQSH yapon militarizmiga qarshi kurashda ittifoqchi bo‘lganini eslatib, agar Oq uy rahbari Xitoyga tashrif buyurib, 3-sentyabrdagi paradda ishtirok etsa, bu dunyoga kuchli ijobiy signal yuborishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Xitoy, Rossiya va Amerika rahbarlarining yonma-yon turgan manzarasi tinchlik va barqarorlikning qudratli ramziga aylanishi mumkin”, dedi Szin Szanjun.

Aprel oyida Newsweek nashri AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasida yaqin kelajakda dunyoning taxminiy bo‘lib olinishi tasvirlangan xaritani e’lon qilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar