Daryo

Ukraina Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Zelenskiy ofisi Xitoyning qo‘llab-quvvatlashi tufayli urush davom etayotganini ta’kidladi. Pekinga “maksimal darajada cheklovchi sanksiyalar” joriy etilishi inkor etilmadi.

1 daqiqa o‘qish1 222 ko‘rishlar0 izoh1

Rossiya Ukrainaga qarshi urushni faqat Xitoyning qo‘llab-quvvatlashi tufayli davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Pekin o‘z siyosiy ta’sirini kuchaytirish uchun Moskvadan foydalanmoqda.

“Bu ayanchli oqibatlarga olib keladi, afsuski, dunyo beqarorlashadi. U allaqachon tartibsizlashgan, beqarorlashgan va Rossiya bunga katta hissa qo‘shishni davom ettirmoqda. Birgina Xitoy resurslari hisobiga Rossiya buni amalga oshirmoqda”, dedi prezident ofisi maslahatchisi.

Uning fikricha, Xitoyga nisbatan puxta o‘ylangan siyosat yuritish lozim. Agar Pekin vaziyatni keskinlashtirishni to‘xtatishga tayyor bo‘lmasa, u holda Ukraina unga qarshi “qat’iy, maksimal darajada cheklovchi sanksiyalar” joriy etishi mumkin.

Xitoy Rossiyaga dronlar ishlab chiqish uchun komponentlar eksportini oshirdi

Xitoy yoz oylarida optik tolali dronlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy komponentlar eksportini keskin oshirib, Rossiyaga sezilarli yordam ko‘rsatdi. Bu haqda statistik maʻlumotlarga tayanib, Washington Post xabar bergandi.

Ma’lum qilinishicha, bu yordam Ukraina mudofaasini front chizig‘ida bostirishga imkon bergan. Gap optik tolali kabellar va litiy-ion batareyalar eksporti haqida ketmoqda. Rossiya va Xitoy ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik Moskvaga urushda muhim ustunlik bermoqda.

Iyul-avgust oylarida Xitoyning Rossiyaga optik tolali kabel yetkazib berish hajmi deyarli 10 baravar oshgan, may oyida bu ko‘rsatkich rekord darajaga, keyin esa iyun oyida yana o‘sgan. Yoz davomida litiy-ionli batareyalar eksporti ham keskin oshgan. Iyun oyida 54 million dollarlik, avgustda esa 47 million dollarlik batareyalar Rossiyaga jo‘natilgan. Pekin urushda betaraf ekanini ta’kidlamoqda. Jahon tijorat dronlari bozorining 80 foizini egallab turgan Xitoy ishlab chiqaruvchilari esa tayyor dronlarni Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilishni qisqartirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar