Daryo

“Siz uchun emas”: Isroil bunkerlariga falastinliklar kiritilmadi

Ularning ayrimlari Isroil fuqaroligini olganiga qaramay qarshilikka uchragan

1 daqiqa o‘qish4 036 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil fuqaroligini olgan falastinliklar Eronning raketa hujumlari paytida bombapanohga kiritilmadi. Bu haqda guvohlarga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Isroilda falastinlik fuqarolar — 2 million kishi yoki aholining taxminan 21 foizini tashkil etadi. Gap Isroilning xalqaro tan olingan chegaralaridagi shaharlar va qishloqlarda yashovchi fuqarolar haqida ketmoqda.  

Akra yaqinidagi yahudiylar yashaydigan ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 29 yoshli Samar ar-Rashid o‘z hikoyasi bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra, sirenalar yangrab, raketa hujumidan ogohlantirish bo‘lganida 5 yoshli qizi bilan boshpanaga yugurgan. Ayol o‘zi bilan birga suv va telefondan tashqari hech narsa olishga ulgurmaganini aytgan.

Sarosimaga tushgan ona qizining qo‘rquvini yengillatishga harakat qilib, o‘z qo‘rquvini yashirgan. Ammo boshpana eshigi oldida uning arabcha gapirayotganini eshitgan Isroil fuqarosi kirishni to‘sib, eshikni yopib qo‘ygan.

“Men hayratda qoldim. Men ibroniy tilini yaxshi bilaman. Tushuntirishga harakat qildim. Lekin u menga nafrat bilan qarab: ‘Siz uchun emas’ dedi, xolos”, deb tasvirlab bergan ayol.

Isroilning falastinlik fuqarolari uzoq vaqtdan beri uy-joy, ta’lim, bandlik va davlat xizmatlarida tizimli diskriminatsiyaga duchor bo‘lib keladi. Isroil fuqaroligiga ega bo‘lishiga qaramay, ularga ko‘pincha ikkinchi darajali fuqarolar sifatida qaraladi. Adalah — Isroildagi arab huquqlari bo‘yicha huquqiy markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 65 dan ortiq qonunlar bevosita yoki bilvosita Falastin fuqarolarini kamsitishga qaratilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar