Daryo

O‘zbekistonda 15-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

2 daqiqa o‘qish5 683 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 15-iyun, yakshanba kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi yozning jaziramasida qanday kiyinish kerakligi bo‘yicha bir necha tavsiyalar bergandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar