Daryo

Kelgusi hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi

2 daqiqa o‘qish7 465 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 9–11-iyun kunlari ob-havo qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11-iyunda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 9-iyunda 25-30 daraja, 10-iyunda 27-32 daraja, 11-iyunda 30-35 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 iyunda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 9-iyunda 25-30 daraja, 10-iyunda 27-32 daraja, 11-iyunda 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 iyunda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 iyunda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 iyunda ba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar