Daryo

Ronaldu “An-Nassr”dan ketishi mumkin 

Futbolchi JCH—2026 musobaqasiga optimal formada borish uchun Yevropaga qaytish haqida o‘ylamoqda

1 daqiqa o‘qish24 074 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nassr”ning Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalidagi mag‘lubiyati ortidan Krishtianu Ronalduning kelajagi yana e’tibor markazida bo‘lib turibdi. Portugaliya matbuotining xabariga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi faoliyatini boshlagan klub — “Sporting”ga qaytish haqida o‘ylamoqda.

Foto: Getty Images

Bu yangilik Lissabon klubi hujumchisi Viktor Gyokereshning boshqa klubga o‘tishi haqidagi mish-mishlar fonida tarqaldi.

Ronalduning asosiy maqsadi — 2026-yilgi mundialga yaxshi sport formasida borish. “Sporting” rahbariyati ham Ronalduning qaytishi haqidagi xabarlarga ijobiy fikr bildirgan. Bu klub uchun tijoriy jihatdan ancha foydali bo‘lishi mumkin.

Ronalduning ketish qarori “An-Nassr”ning yomon o‘tkazayotgan mavsumi sabab qabul qilingani aytilmoqda. Klub Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida “Kavasaki Frontale”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, final yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. Himoyadagi xatolar va o‘tkazib yuborilgan gollar jamoaga qimmatga tushdi. Bundan tashqari, “An-Nassr” Saudiya Qirol kubogidan ham erta chiqib ketdi. Shuningdek, Pro Liga turnir jadvalida “Al-Ittihod”dan 8 ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Ronaldu joriy mavsum 33 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar