Daryo

Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy hozirda AQSH va Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchrashuvini tashkil etish ustida ishlamoqda

1 daqiqa o‘qish4 568 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp zarurat tug‘ilganda Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda bildirdi.

Foto: AP

Trampdan “hozirda Putin chindan ham urushni tugatmoqchi, deb o‘ylaysizmi?”, deb so‘rashdi. U savolga javob berarkan AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya tomoni bilan “juda qat’iy” munosabatda bo‘layotganini ta’kidladi. Shuningdek, Oq uy rahbari ikki haftadan so‘ng Putin haqiqatan ham urushni tugatmoqchi yoki yo‘qligini “ma’lum qilishini” va’da berdi.

“Buni sizlarga aytolmayman, lekin taxminan ikki haftadan keyin xabar beraman. Tez orada u [Putin] bizni biror narsaga undayaptimi yoki yo‘qligini bilib olamiz - agar shunday bo‘lsa, biz biroz boshqacha yo‘l tutamiz”, dedi AQSH prezidenti.

Tramp “bir necha kun oldin, muzokaralar deb atalayotgan jarayon davomida odamlar o‘ldirilgani” tufayli “hafsalasi pir bo‘lganini” ta’kidladi.

AQSH rahbari nima uchun hamon Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etmagani haqidagi savolga Tramp ehtimoliy tinchlik kelishuviga xalaqit bermaslik uchun ekanligini aytib, zarur bo‘lsa Zelenskiy va Putin bilan uchrashishini qo‘shimcha qilgan.

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy hozirda AQSH va Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchrashuvini tashkil etish ustida ishlamoqda.

Ushbu bosqichda biz prezident Putin bilan uchrashuv ustida ishlamoqdamiz. Ishlar qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Menimcha, hammasi yaxshi, ammo ko‘ramiz, dedi Donald Tramp.

Bundan avval Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov AQSH prezidenti Donald Trampning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga nisbatan bayonotlari Oq uy rahbari Rossiya-Ukraina mojarosidagi haqiqiy ahvol haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi yuzasidan o‘z munosabatini bildirgandi. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar