Daryo

Buxoroga Xitoydan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi 

12 ta avtobus iyun oyining yakuniga qadar yetib keladi

1 daqiqa o‘qish3 922 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoroga 24 dona zamonaviy Zhongtong avtobuslari xarid qilindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi. 

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy harakat tarkiblari (yangi avtobuslarni) olib kelish ishlari davom etmoqda.

Buxoro viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Progress mega trans” korxonasi joriy yilning yanvar oyida Xitoyning Zhongtong Bus Holding Co., Ltd. kompaniyasi bilan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
 
Birinchi bosqichda avtobuslardan 12 donasi joriy yilning 27-may kuni Buxoro shahriga olib kelindi. Qolgan 12 ta avtobus iyun oyining yakuniga qadar yetib keladi.

Angrenga 15 ta Yutong avtobusi olib kelingandi. Zoir Mirzayev 2024-yil oktyabrida o‘tkazgan hokimlik soatida Toshkent viloyatida transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Transport vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy avtobuslarni olib kelish ishlari davom etmoqda. Toshkent shahriga yana 1000 ta Yutong avtobusini olib kelish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Andijon viloyatiga Xitoydan 100 ta elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda 113 ta yangi yo‘nalish, shu jumladan 56 ta avtobus yo‘nalishi ochilgani ma’lum qilindi. 2024-yilning o‘zida hududlarda tadbirkorlar 700 ta avtobus va 530 dan ortiq mikroavtobus sotib oldi. 2025-yilning yanvar-aprel oylarida esa hududlarga yana 241 ta avtobus va 133 ta mikroavtobus olib kelindi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar