Daryo

WP: Tramp ma’muriyati 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilish rejasini ishlab chiqdi

Ukrainadan kelganlardan tashqari, Gaitidan Afg‘oniston, Sudan, Liviya, Yaman va boshqa mamlakatlar fuqarolari ham deportatsiya qilinishi mumkin

1 daqiqa o‘qish4 652 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yuz minglab muhojirlarni, jumladan, AQSHda istiqomat qilayotgan 200 mingdan ortiq ukrainalikni deportatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Foto: Getty Images
“Tramp ma’muriyati xorijiy yordam uchun ajratilgan 250 million dollargacha mablag‘ni faol mojaro hududlaridan kelgan odamlarni, jumladan, 700 ming ukrainalik va gaitilik muhojirlarni deportatsiya qilish va qaytarishni moliyalashtirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.

Ukraina va Gaitidan kelganlardan tashqari, Afg‘oniston, Sudan, Liviya, Yaman va boshqa mamlakatlar fuqarolari ham deportatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, ushbu tashabbus an’anaviy ravishda bunday jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi Xalqaro migratsiya tashkilotini (XMT) chetlab o‘tishi mumkinligi ta’kidlangan.

Aniqlik kiritilishicha, AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina fuqarolariga vaqtinchalik himoya maqomini birinchi marta 2022-yilda Rossiya bilan mojaro boshlanganidan so‘ng taqdim etgan.

Gaitiliklar bu maqomdan 2010-yilda mamlakatda dahshatli zilzila sodir bo‘lganidan beri foydalanib kelmoqda va keyinchalik mintaqadagi xavfsizlik muammolari va beqarorlik tufayli bu maqom bir necha bor uzaytirilgan.

Ilgari AQSH prezidenti ma’muriyati hokimiyat tepasiga kelganining birinchi yilida 1 milliongacha muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborish niyatida ekani ma’lum qilingandi.

Bundan oldin Tramp 2026-yilgi byudjet loyihasida migrantlar va qochqinlarni ko‘chirish dasturlarini moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif etgan edi.

Avvalroq Tramp noqonuniy muhojirlarni himoya qiluvchi shaharlarga moliyaviy yordam berishni to‘xtatishga qaror qilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar