Daryo

AQSH 80 nafar ukrainalikni vataniga deportatsiya qilmoqchi

Qo‘shma Shtatlarda qolish muddati tugagan ukrainaliklar 17-noyabrda vataniga qaytarilishi aytilmoqda. Advokatlar ular to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga jalb etilishidan xavotir bildirdi.

1 daqiqa o‘qish1 825 ko‘rishlar0 izoh1
Maqolani tinglang
0:00
1:11

Tramp ma’muriyati AQSHda qolish muddati tugagan ayrim ukrainaliklarni urush ketayotgan vatanga qaytarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Advokatlar ICE (Immigratsiya va bojxona xizmati) yana ko‘plab ukrainaliklarni deportatsiya qilishga urinyapti, ba’zilariga 17-noyabr kuni maxsus harbiy reyslar bilan Ukraina yoki Polshaga olib ketilishi aytilganini bildirmoqda.

Ukrainaning AQSHdagi elchisi Olha Stefanishina taxminan 80 nafar ukrainalik AQSh qonunlarini buzganlik uchun deportatsiya ro‘yxatida ekanini tasdiqladi. Uchrashuvlar davom etayotgani, to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bo‘lmagani tufayli logistika murakkabligi ta’kidlanmoqda.

“AQSH qancha odamni istasa deportatsiya qilsin — biz ulardan foyda topamiz”, dedi Zelenskiy maslahatchilaridan biri esa anonim tarzda.

“Ular urushga majburan jalb qilinishi mumkin”

Ayrim advokatlar ukrainaliklar qo‘rquv asosida boshpana so‘rash huquqidan mahrum qilinayotganini va bu noqonuniy ekanini aytmoqda.

“Ukraina urush holatida. Deportatsiya qilinganlar armiyaga majburan olinib, frontga yuborilishi ehtimoli juda yuqori”, dedi advokatlar.

Ayni paytda, AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi esa har bir holat qonuniy jarayon asosida ko‘rib chiqilishini bildirdi. 2024-yilda Qo‘shma Shtatlardan 53 nafar ukrainalik deportatsiya qilingandi. Agar 80 nafar odam jo‘natilsa, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lishi kutilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar