Daryo

Namangandagi qabristonda katta yong‘in sodir bo‘ldi (video) 

FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish11 521 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan viloyatida joylashgan Mavlono qabristoni yoqib yuborilgani, katta yong‘in sodir bo‘lgani haqida video tarqaldi. FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Foto: Namangan FVB

Unga ko‘ra, Yangi Namangan FVBga soat 14:56 da tumanning Ko‘zgu ko‘chasidagi Mavlono qabristonda qurigan o‘tlar yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yong‘in qutqaruv ekipaji soat 15:09 da yetib borib, yong‘in soat 15:29 da qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etildi.

Yong‘in natijada qabriston hududidan 50 kv.m joyi yonib zararlangan.

So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar

2024-yilning 13-oktyabr kuni Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketgandi. 16-oktyabrda esa Mirobod tumanida joylashgan “Miran” mehmonxonasining qurilishi davom etayotgan eski binosida yong‘in chiqdi.

Shuningdek, 20-oktyabr kuni soat 16:54 da Shayxontohur tumanidagi Bildirish tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.

Bundan tashqari, Olmazor tumani “Chinobod” MFY, Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida 31-oktyabr kuni soat 02:13 da yong‘in sodir bo‘ldi.

20-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘ldi.

31-dekabr kuni Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

2025-yil 25-fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘lgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar