Daryo

Mbappe “Real”ning 30 yillik noxush an’anasiga barham berdi

Fransiyalik hujumchi “El-Klasiko”da “Barselona” darvozasiga 3 marta yo‘l topa oldi

1 daqiqa o‘qish40 336 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya chempionatining 35-turida asosiy e’tibor “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi “El-Klasiko” bahsiga qaratildi. Kilian Mbappe het-trik qayd etib, 21-asrda kataloniyaliklar darvozasini 3 marta ishg‘ol qilgan ilk madridlik futbolchiga aylandi. 

Foto: Getty Images

Avvalgi shunga o‘xshash holat 1995-yil yanvar oyida Ivan Samorano tomonidan qayd etilgan edi. O‘shanda chililik hujumchi “Barselona” darvozasiga uch bor yo‘l topa olgan hamda o‘yin “Real” foydasiga 5:0 hisobida yakunlangan. O‘sha mavsumda Madrid klubi “Barselona”ning to‘rt yillik chempionlik seriyasiga barham berib, La Liga g‘olibiga aylangandi.

Ta’kidlash kerakki, 21-asrda “Barselona” bilan “El-Klasiko”da het-trik qayd etgan yulduzlar bor – Lionel Messi bunday natijani ikki marta amalga oshirgan bo‘lsa, Luis Suares bir marta “Real” darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” — “Real” uchrashuvda maydon egalari 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mbappe uchta to‘p kiritgan bo‘lsa, Rafinya dubl qayd etdi. Yamal hamda Garsiya bittadan gol muallifiga aylandi.

35-turdan so‘ng “Barselona” La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi (82 ochko), “Real Madrid” esa ikkinchi pog‘onada joylashgan (75 ochko). 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar