Daryo

Mbappe “Real” va “PSJ” o‘rtasidagi farq nimada ekanligini aytdi

Fransiyalik futbolchi 2017–2024-yillarda “PSJ” sharafini himoya qilgan. 2024-yilning yozidan beri “qirollik klubi” safida to‘p tepmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 827 ko‘rishlar0 izoh25

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining sobiq jamoasi “PSJ” bilan “qirollik klubi” o‘rtasidagi farq nimada ekanini aytib o‘tdi.

“Bular butunlay turli tarixga ega ikki klublar hisoblanadi. “PSJ” nisbatan yosh jamoa, “Real” esa uzoq yillar davomida shakllangan, chuqur tarixga ega klub. Madaniyatlar ham boshqacha. Shubhasiz, “Real Madrid” — dunyodagi eng kuchli klub. Ammo “PSJ” ham eng zo‘r jamoalar qatoriga kiradi. Ular futbolga ikki xil yondashuvni ifodalaydi. “PSJ”ning bir qismi bo‘lganimdan xursandman, hozir esa “Real” a’zosi sifatida bundan ham faxrlanaman”, dedi Mbappe Marca nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi 2017–2024-yillarda “PSJ” sharafini himoya qilgan. Shu davr ichida u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, 308 ta o‘yinda 256 ta gol urgan. Mbappe 2024-yil yozidan beri “Real Madrid” safida to‘p surmoqda. Shu vaqtgacha u barcha musobaqalar doirasida jami 72 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 60 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Uning “qirollik klubi” bilan shartnomasi 2029-yilining yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Kilianning qiymatini 180 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar