Daryo

Mbappe Lamin Yamalga maslahat berdi

Fransiyalik hujumchi “Barselona” vingerining atrofidagi vaziyatlarga munosabat bildirdi.

1 daqiqa o‘qish1 911 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Barselona” vingeri Lamin Yamalning shaxsiy hayoti atrofidagi muhokamalarga munosabat bildirdi. Bu haqda COPE nashri xabar berdi.

Fransiyalik yulduz futbolchining fikricha, Yamalning shaxsiy hayotiga aralashish kerak emas:

“Yamal haqida haddan tashqari ko‘p gapirishmoqda. Menimcha, uni tinch qo‘yish kerak. U maydonda juda yaxshi futbolchi, lekin hayotda atigi 18 yoshli yigit. U e’tiborini faqat futbolga qaratishi lozim, qolgan narsalar muhim emas. Har qanday yosh futbolchi kabi, u ham xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Menimcha, Yamal juda iste’dodli va kelajakda futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin”, dedi Mbappe COPE nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 18 yoshli Yamal barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2031-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 200 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar