Daryo

Namangan davlat universitetiga rektor tayinlandi

Shu munosabat bilan Abdug‘affor Qirg‘izboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi

1 daqiqa o‘qish15 052 ko‘rishlar0 izoh0

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdug‘affor Qirg‘izboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Maʼlum qilinishicha, A.Qirg‘izboyev shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.

Prezident farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etilgandi. Ushbu universitetga E’zozxon Karimova rektor etib tayinlandi.

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi. Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi. Universitetning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga birinchi kursdan xalqaro taʼlim dasturlari joriy etiladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti haqida

Oliygoh 1935-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1947-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti deb qayta nomlangan. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi qaroriga muvofiq institutga Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan.

Ayni paytda universitetda 14 ta fakultet va 54 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Bular xorijiy tillar, tarix, fizika-matematika, tabiiy fanlar, kasb ta’limi, Musiqa madaniyati, o‘zbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya, chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash, boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya fakultetlaridir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar