Daryo

Estoniya Moskvadagi paradga parvozlar uchun havo hududini yopdi 

Ta’kidlanishicha, Estoniya 9-may G‘alaba kuni paradi munosabati bilan o‘z havo hududidan Moskvaga yoki Moskvadan parvozlarni amalga oshirishni rad etadi

1 daqiqa o‘qish6 394 ko‘rishlar0 izoh0

Estoniya tashqi ishlar vaziri Magnus Tsaxkna Kuba va Braziliyaga 9-may kuni G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga parvoz qilishda o‘z havo hududidan foydalanishni ma’n etdi. Bu haqda ERR teleradiokompaniyasi xabar qilmoqda.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Qayd etilishicha, Estoniya Kuba va Braziliyadan Moskvaga yoki orqaga uchadigan VIP reyslarni taqiqlagan hamda 9-may tantanalariga yo‘l olgan birorta ham VIP reysga ruxsat bermaydi yoki zarur hollarda berilgan ruxsatni to‘xtatib qo‘yadi.

Tsaxknaning ta’kidlashicha, Estoniya 9-may G‘alaba kuni paradi munosabati bilan o‘z havo hududidan Moskvaga yoki Moskvadan parvozlarni amalga oshirishni rad etadi.

“Estoniya havo hududidan 9-may paradi uchun Moskvaga parvoz qilish mutlaqo istisno etilgan va Estoniya ushbu tadbirni o‘tkazishni hech qanday tarzda qo‘llab-quvvatlamoqchi emas”, deydi Estoniya tashqi ishlar vaziri Magnus Tsaxkna.

Polsha, Litva va Latviya 9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida ishtirok etishi rejalashtirilgan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsolar bo‘lgan samolyotlarning o‘z havo hududi orqali uchishiga ruxsat bermagani xabar qilingandi.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning ma`lum qilishicha, Moskvada o‘tkaziladigan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda qatnashish uchun o‘ttizga yaqin xorijiy davlat rahbarlari Rossiyaga tashrif buyuradi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar