Daryo

Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi 

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi

1 daqiqa o‘qish7 640 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni kechqurun Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab O‘zbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bo‘lajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti haqida 

Ushbu sammit Samarqand shahrida 3—4-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

Sammit nafaqat mintaqaviy, balki global siyosiy va iqtisodiy jarayonlar uchun muhim voqelikdir. Mazkur sammit Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar