Daryo

Polshada urush ehtimoliga “trevoga ryukzaklari” sotilmoqda

Ryukzaklarda urush yoki boshqa favqulodda vaziyatlarda zarur 15 ta buyum mavjud

1 daqiqa o‘qish6 669 ko‘rishlar0 izoh0

Polshada urush va boshqa favqulodda vaziyatlarda omon qolish uchun “trevoga ryukzaklari”ni sotish boshlandi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.

Foto: MSN

Maxsus ryukzakda SOS rejimiga ega fonarcha, hushtakli yotoq xaltasi, taktik pichoq, montirovka, qalamli bloknot, plash, ombur, uchtasi birda USB-kabel, universal sumka, po‘lat krujka va ilgakli elastik shnur bor. “Trevoga ryukzagi” taxminan 150 zlota (salkam 504 ming so‘m) turadi.

Biroq hukumat xavfsizlik markazi favqulodda holat ryukzagiga quyidagilarni ham kiritishni tavsiya etadi: batareya bilan ishlaydigan radio, respiratorlar yoki himoya niqoblari, kompas, GPS qurilmasi, konserva ochqich, ikki kunlik oziq-ovqat zaxirasi, birinchi yordam to‘plami, suv filtrlash idishi va arqonlar.

Birinchi marta bunday ryukzak 2024-yil o‘rtalarida paydo bo‘lgan, unda omon qolish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab narsalar bor edi. Hozir kompaniya shunga o‘xshash mahsulotni taqdim etmoqda, uning narxi bir necha baravar past.

Asosan, Biedronka “trevoga ryukzaklari”ning sotilishi Rossiya tomonidan doimiy tahdid bilan bog‘liq. Ukrainadagi urush ko‘plab polyaklarni omon qolish uchun uskunalarga ko‘proq e’tibor berishga majbur qildi. Ayni paytda Polsha hukumati fuqarolar uchun maxsus harbiy qo‘llanma ustida ishlamoqda, deb yozadi nashr.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar