Daryo

Namanganga xorijdan yana 30 ta yangi avtobus olib kelindi 

Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar ko‘chalarida harakatlana boshlaydi

1 daqiqa o‘qish6 963 ko‘rishlar0 izoh0

Navro‘z bayrami arafasida namanganliklar uchun yana bir sovg‘a – Xitoyning Zhongtong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus yetib keldi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi. 

Foto: Transport vazirligi

Qayd etilishicha, Namangan shahrida jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida o‘tgan yili “Ekspress dolina” MCHJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan edi. Hozirgi vaqtda ular belgilangan uchta asosiy yo‘nalishlarda qatnab, yo‘lovchilar ishonchini qozondi. Endi esa “Turon-95 MBI” MCHJ tomonidan yana 30 ta avtobus olib kelindi. 

Foto: Transport vazirligi

Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar ko‘chalarida harakatlana boshlaydi.

Bundan avval Angrenga 15 ta Yutong avtobusi olib kelingandi. Zoir Mirzayev 2024-yil oktyabrida o‘tkazgan hokimlik soatida Toshkent viloyatida transport sohasidagi xizmatlarni yaxshilash uchun 1000 ta yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Transport vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy avtobuslarni olib kelish ishlari davom etmoqda. Toshkent shahriga yana 1000 ta Yutong avtobusini olib kelish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Andijon viloyatiga Xitoydan 100 ta elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar