Daryo

Farg‘onada 40 metrli quduqqa tushib, qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro qutqarib qolingan, tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish21 386 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida 40 metrli quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Skrinshot: Videodan

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona tumani, Sohibkor ko‘chasidagi uylarning  hovlisida chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqda ishlayotgan 1977-yilda tug‘ilgan X.D. o‘zining shaxsiy elektr libyotkasi ishlamay qolishi oqibatida quduq tubida qolib ketgan.

Shundan keyin zudlik bilan FVBga yordam so‘rab murojaat qilingan. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro qutqarib qolingan. Tan jarohati olmagan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, salomatligi yaxshi, deyiladi xabarda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar