Daryo

Samarqandda 42 yoshli erkak daryoda cho‘kib ketdi

FVB xodimlari 4 kundan buyon qidiruv-qutqaruv ishlari olib bormoqda.

1 daqiqa o‘qish7 210 ko‘rishlar0 izoh1

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 42 yoshli fuqaro daryoga tushib ketdi. Bu haqda 1-iyul kuni viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa 28-iyun kuni sodir bo‘lgan. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro J.O. Oqdaryo tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosiga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ayni paytda qutqaruvchilar tomonidan daryo hududida qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz olib borilmoqda.

So‘nggi oylarda cho‘kib halok bo‘lganlar

27-iyun kuni Buxoroda 17 yoshli fuqaro kanalda cho‘kib halok bo‘lgandi. Uning jasadi bir sutkalik qidiruv ishlaridan so‘ng topildi. 17-iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikki bola kanalga tushib ketishi oqibatida vafot etgandi. 12-iyun kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida cho‘milish uchun daryoga tushgan besh nafar yigitning uch nafari halok bo‘lgandi. Namanganda 28-may kuni soyda cho‘kib ketgan yigit jasadi 1 haftadan ortiq qidiruvdan so‘ng topilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar