Buxoro viloyati Kogon tumanida kanalda cho‘milayotgan fuqaro suvga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
27-iyun kuni soat 14:50 larda 112 tizimi orqali 2009-yilda tug‘ilgan fuqaro Kogon tumani “Sorg‘un” MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanalda cho‘milish vaqtida suvga cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Mazkur hodisa kengligi 18–20 metr, chuqurligi 7–8 metrni tashkil etuvchi Shohrud kanalida sodir bo‘lgan.
Buxoro viloyati FVB qutqaruvchilari hamda mahalliy fuqarolar tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, fuqaroning jasadi 28-iyun kuni soat 16:40 larda topilib, suvdan olib chiqilgan.
Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
17-iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikki bola kanalga tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi. 12-iyun kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida cho‘milish uchun daryoga tushgan besh nafar yigitning uch nafari halok bo‘lgandi. Namanganda soyda cho‘kib ketgan yigit jasadi 1 haftadan ortiq qidiruvdan so‘ng topilgandi.
Buxoroda 17 yoshli fuqaro kanalda cho‘kib halok bo‘ldi
Uning jasadi FVB qutqaruvchilari va aholi tomonidan olib borilgan bir sutkalik qidiruv ishlaridan so‘ng topildi.
1 daqiqa o‘qish7 632 ko‘rishlar0 izoh0








