Daryo

O‘zbekiston maktablarida yozgi ta’til qisqaradimi? Vazirlik izoh berdi

Yozgi ta’til bir yarim oy bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi

1 daqiqa o‘qish205 347 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekiston maktablarida yozgi ta’til bir yarim oy, ya’ni 6 hafta bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buni rad etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tarqalgan xabarlarda uzoq ta’til davomida bolalar bilimni unutib qo‘yishlari mumkinligi sabab ayrim ota-onalar bu taklifni qo‘llab-quvvatlagani, boshqalar bu qarorga qarshi ekani aytilgan. Dunyodagi ayrim davlatlarda yozgi ta’til qisqaroq ekani, lekin yil davomida ko‘plab bayram kunlari borligi ham qayd etib o‘tilgan.

“Daryo” bu xabarlar qanchalik asosli ekanini aniqlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi bilan bog‘landi.

“Bu gapni o‘ylab topishganmi yoki taklif sifatida aytilganmi aniq bilmayman. Lekin maktablarda yozgi ta’til qisqaradi degan masala vazirlikda ko‘tarilgani ham, bu gap bo‘lgani ham yo‘q”, deb javob berdi vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, o‘quv yilining davomiyligi 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta)ni tashkil qiladi.

O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilangan:

  • kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.

Bahorgi ta’til 2025-yilda juma kuniga to‘g‘ri keladi. 20-mart, payshanba kuni maktablarda III chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi. IV chorak darslari 28-mart, juma kunidan boshlanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar